1

"Bugun ham Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi davom etadi"

Jamiyat 27.06.2022, 08:06
"Bugun ham Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi davom etadi"

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun, 27 iyun kuni O`zbekiston O`zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi davom etadi. Respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati 37-42° gacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 43-45° gacha bo`ladi.

Ta`kidlanishicha, Toshkentda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 39-41° gacha isiydi.

Tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkinligi aytilmoqda. Momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-33° bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1