Xo`jaobod va Oltiariqda firibgarlar tomonidan er sotish holatlari aniqlandi

Jinoyat 27.06.2022, 13:16
Xo`jaobod va Oltiariqda firibgarlar tomonidan er sotish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Xo`jaobod tuman bo`limlari tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro Z.M. boshqa bir fuqaro O`.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida tumandagi “Manak” MFY hududidan baliqchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo`jaligini tashkil qilish maqsadida 35 gektar er maydonini ajratib berish evaziga 7 000 AQSh dollari va 33 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Oltiariq tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.M. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, unga turmush o`rtog`i M. rahbarligidagi “M.S.” fermer xo`jaligiga qarashli 1 gektar er maydonini uzum bog`i barpo etish uchun ajratib berish evaziga 8 000 AQSh dollarini qo`lga kiritganligi aniqlanib, shundan o`z aybiga iqror bo`lib qaytargan 5 000 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1