Bugun, 27 iyun kuni soat 14:45 da Jizzax viloyati Do`stlik tumani “Chinobod” MFY Do`stlik ko`chasida, “Do`stlik dehqon bozori” hududida joylashgan tovuq maxsulotlari do`konida mazkur hodisa yuz bergan. FVV xabariga ko`ra, oqibatda omborxona tomining 56 m.kv shift qismi hamda do`kondagi maxsulotlar yongan.
Yong`inga soat 14:48 da 2 ta yong`in qutqaruv ekipaji etib borgan, 14:53 da yong`in o`rab olingan, 15:23 da o`chirilgan.
Yong`indan qo`shni do`konlarning 80 m.kv maydoni saqlab qolingan.
Ma`lum qilinishicha, fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo`lish xolatlari qayd etilmagan.
"Yong`inning sababi va zarari aniqlanmoqda",-deyiladi xabarda.






