Hodisa bugun, 27 iyun kuni tongda Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o`tuvchi A-373 avtomobil yo`lining 234-kilometrida sodir bo`lgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti xabar bermoqda.
Ma`lumotga ko`ra, haydovchi, 2002 yilda tug`ilgan N.Yo. "Nexia-3" rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay yo`l chetida to`xtab turgan haydovchi, 1995 yilda tug`ilgan M.Q. boshqaruvidagi "Isuzu" rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga to`qnashgan.
Natijada, "Nexia" avtomobilining haydovchisi va yo`lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
"Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so`raymiz",-deyiladi xabarda.






