Almati shahar Almalin tumanida joylashgan ichki ishlar boshqarmasi binosi yonida otishma bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Qurol ko`targan noma`lum shaxs ichki ishlar binosidan uncha uzoq bo`lmagan erga joylashib, omma uchun xavf tug`dirdi. Guvohlarning ma`lumot berishicha, otishma oqibatida ikki kishi halok bo`ldi.
Qozog`iston IIVning xabar berishicha, qora kiyimdagi noma`lum shaxs polisiya binosiga qarata o`t ochgan, keyin mashina to`xtatishga harakat qilgan va voqea joyidan yashiringan. “Interfaks” bergan ma`lumotga ko`ra, qurollangan shaxs diniy oqim tarafdorlaridan biridir. Ayni paytda favqulodda voqea sodir bo`lgan tuman polisiyachilar tomonidan o`rab olingan.
Hozirda shaharda otishma ovozlari yangrab turibdi. Voqeaga guvoh bo`lganlarning ma`lumot berishicha, qurol ko`targan erkak Baytursinov nomli ko`chaga yo`l olgan va Abay prospekti bilan Bayzakov ko`chasi kesishmasida, milliy xavfsizlik binosi yonida ikki kishini otib o`ldirgan.