O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston hududida quruq, issiq ob-havo saqlanib turadi. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin. Havo harorati 37-42°, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 43-45° gacha bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 39-41° gacha isiydi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-33° bo`ladi.






