AsosiyJamiyat

Prezident Moliya va Suv xo`jaligi vazirliklariga muhim vazifani bajarish uchun bir hafta muddat berdi

'Prezident Moliya va Suv xo`jaligi vazirliklariga muhim vazifani bajarish uchun bir hafta muddat berdi'ning rasmi

Yil yakuniga qadar har bir klasterda urug`chilik, tuproq tahlili va biolaboratoriyalar hamda urug` tayyorlash sexlari ishga tushiriladi. Bu haqida prezident yig`ilishda qayd etdi, deya xabar bermoqda matbuot xizmati.

Davlat-xususiy sheriklik asosida Andijon, Buxoro va Surxondaryoda Paxtachilik instituti va Genomika markazining urug`chilik va agrotexnologiya korxonalari tashkil qilinadi.

Shuningdek, har bir klaster yil yakuniga qadar tuproq unumdorligini tahlil qilib, er maydonlari pasportini ishlab chiqishi va hosildorlikni oshirish choralarini belgilab olishi kerakligi ta`kidlandi.

Prezident barcha klasterlar suvni ilm bilan tejab ishlatishi shartligini qayd etdi.

So`nggi ikki yilda 169 ming gektar paxta maydonlarida tomchilab sug`orish joriy qilindi. Yil yakuniga qadar 160 ming gektar, kelgusi yilda ham yana shuncha paxta maydonida tomchilatib sug`orishni joriy qilish vazifasi qo`yildi.

Agar tomchitalib sug`orishni joriy etish sohasida erkin raqobat bo`lsa, ilm bilan yondashilsa, ushbu texnologiyani joriy etish xarajatini gektariga 15-20 million so`mga bemalol tushirish mumkin (hozirda 27 million so`m).

“Lekin, katta fojia – ayrim rahbarlar bu ezgu islohotga o`ziga yaqin ta`minotchilar va bilimsiz odamlarni aralashtirayapti. Shu orqali korrupsiya boshlangani haqida menda etarli ma`lumotlar bor", dedi Prezident.

Moliya va Suv xo`jaligi vazirliklariga bir hafta muddatda:

- yangi ishga tushirilgan elektron portalga hamma ta`minotchilarni kiritish;

- taklif qilinayotgan suv tejovchi texnologiyalar narxi va xizmatlar sifatini baholab boradigan shaffof tizim yaratish topshirildi.

Bunda eng maqbul shartlar va narxlarni fermerlarning o`zi tanlaydi.

Ishlab chiqaruvchi esa kamida 3 yil fermerga servis xizmatini ko`rsatishni kafolatlashi shart.

Umuman, klasterlar hamkor fermerlari bilan birga olgan daromadidan bir qismini jamg`arib, ichki irrigasiya tizimini yaxshilashni ham yo`lga qo`yishi kerakligi ko`rsatib o`tildi.

    Boshqa yangiliklar