AsosiyJamiyat

1 iyuldan boshlab avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish bepul bo`ladi

'1 iyuldan boshlab avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish bepul bo`ladi'ning rasmi

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

 Prezident ta`kidlaganidek, 1 iyuldan boshlab:

- avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish to`lovlari bekor qilinadi, ya`ni bepul bo`ladi;

- old va orqa yon oynalarni to`liq qoraytirish to`lovlari 6 barobargacha arzonlashtiriladi;

- ishlab chiqarilganiga 10 yildan ko`p bo`lmagan engil mashinalarni majburiy texnik ko`rikdan o`tkazish tartibi bekor bo`ladi.

Endi, 10 yildan 15 yilgacha bo`lgan engil mashinalar – ikki yilda, 15 yildan ortiq bo`lganlari esa bir yilda bir marta texnik ko`rikdan o`tkaziladi.

"Bu hali boshlanishi. Men Prezident maslahatchilari, Bosh vazir o`rinbosarlari va vazirlarga topshiriq berganman.

Odamlarimizni qiynayotgan, ahamiyatini yo`qotgan tartib va cheklovlarni bekor qilish bo`yicha Ishchi guruhi barcha yo`nalishlarda muntazam ishlayapti.

Joylardan tushgan asoslangan takliflar va echimlar bo`yicha doimiy tarzda xalqimizning foydasiga xizmat qiladigan qarorlar qabul qilib boriladi”, dedi Prezident yig`ilish yakunida.

    Boshqa yangiliklar