AsosiyJamiyat

EPS-Topik test imtihonida ukasini o`rniga kirmoqchi bo`lgan shaxs aniqlandi

'EPS-Topik test imtihonida ukasini o`rniga kirmoqchi bo`lgan shaxs aniqlandi'ning rasmi

Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida bo`lib o`tayotgan EPS-Topik test imtihonlarida boshqa fuqaro o`rniga testga kirish va testda qo`shimcha vositalardan foydalanishga urinish holatlari qayd etilayotgani va buning oqibatlari haqida ogohlantirilgan edi.

Shunga qaramay, bugun fuqaro D.R. ro`yxatdan o`tgan ukasining o`rniga testga kirishga uringanida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.

Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

"Test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 3 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo`lishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida yana bir bor ogohlantiramiz" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar