AQShda yuk mashinasi poezd bilan to`qnashdi

Dunyo 28.06.2022, 22:25
AQShda yuk mashinasi poezd bilan to`qnashdi

Missuri shtatida yo`lovchi poezdining yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida kamida uch kishi halok bo`ldi, o`nlab kishilar jarohatlandi, deya voqeadan xabardor qilmoqda BBC.

Ma`lum qilinishicha, to`qnashuv oqibatida Los-Anjeles—Chikago yo`nalish poezdi Mendon shahri yaqinidagi temir yo`l kesishmasida relsdan chiqib ketgan. Unda 243 nafarga yaqin yo`lovchi bo`lgani aytilmoqda.

Voqea joyiga zudlik bilan tez yordam brigadalari jo`natilgan.

Missuri yo`l patrul xizmati xodimlari to`qnashuvda poezddagi ikki kishi va yuk mashinasidagi bir kishi halok bo`lganini tasdiqlagan.

Dilbar Abdunabieva.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1