1

AQShning 10 ta hududida ommaviy otishmalar sodir bo`ldi

Dunyo 29.06.2022, 10:19
AQShning 10 ta hududida ommaviy otishmalar sodir bo`ldi

Qurollar qo`llanilgan zo`ravonliklar arxiviga ko`ra, juma va yakshanba kunlari orasida AQShda kamida 10 ta ommaviy otishma sodir bo`ldi, deya yozmoqda "Zamon" nashri.

Ma`lum qilinishicha, 24 iyun kuni Virjiniya shtatining Xoupell shahrida sodir bo`lgan otishmada ikki o`smir halok bo`ldi, yana ikki nafari yaralandi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, hibsga olinganlar yo`q. 

25 iyun kuni Nyu-Yorkning Bruklin shahridagi Bedford-Styuyzant tumanida to`rt kishi, jumladan bir bola otib o`ldirilgan. Voqea uy yaqinida kabob pishirayotganda sodir bo`lgan. Skuterda qurollangan ikki kishi kelib, odamlarga qarata o`q uzgan. Polisiya gumonlanuvchilarni qidirmoqda.

25 iyun kuni Texasning Xyuston shahrida to`rt nafar voyaga etmagan bola jarohatlangan, ulardan ikki nafari vafot etgan. Hodisaga jami 10 ga yaqin kishidan iborat ikki guruh yoshlar o`rtasidagi mojaro sabab bo`lgan. Hech kim hibsga olinmagan.

Shu kuni Minnesota shtatining Minneapolis shahri markazidagi Stoun-Arch ko`prigi yaqinida yuz bergan ommaviy mushtlashuv chog`ida to`rt kishi, jumladan, uch o`smir otib o`ldirilgan edi. Guvohlarning aytishicha, gumonlanuvchi mashinada voqea joyidan qochib ketgan. Hibsga olinganlar haqida xabar berilmagan.

26 iyun kuni Texasning San-Antonio shahridagi Manxetten tungi klubida sodir bo`lgan otishmada bir kishi halok bo`ldi, yana uch kishi yaralandi. Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, tartibsizlik tungi klubda boshlangan. Shahar polisiyasi otishmani tergov qilmoqda. Jorjiya shtatining Bleykli shahrida 26 iyun kuni gavjum tungi klub va restoranda sodir bo`lgan otishmada bir kishi halok bo`ldi, olti kishi yaralandi. Otishma sabablari aniqlanmoqda, hibsga olinganlar yo`q.

Shu kuni Nyu-Jersi shtatidagi Paterson ko`chasida sodir bo`lgan otishmada besh kishi, jumladan, uch o`smir yaralandi. Jinoyat sabablari aniqlanmoqda. Hibsga olinganlar yo`q. Shuningdek, Vashingtonning Takoma shahrida sakkiz kishi jarohat oldi. Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, o`q ovozi bino orqasidagi xiyobonda janjal paytida eshitilgan. Barcha jabrlanganlar hayot uchun xavfli bo`lmagan jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. Hech kim hibsga olinmagan.

Bundan tashqari, Texasning Uinona shahrida bir guruh odamlar o`rtasida sodir bo`lgan otishmada besh kishi yaralangan, ulardan biri og`ir ahvolda. Tekshiruv natijasida aniqlanishicha, otishma konsert sahnasi yaqinidagi mushtlashuvdan boshlangan. Birinchi o`qdan keyin ba`zi guruhlar yugurib borib, kiraverishdagi qo`riqchilarga topshirgan qurollarini olib ketishdi. Keyin ikkinchi otishma sodir bo`ldi.

26 iyunda Virjiniya shtati Saterlin shahrida 100 dan ortiq odam ishtirok etgan ziyofatda yuz bergan otishmada bir kishi halok bo`ldi, etti kishi yaralandi. Hozircha otishma sabablari aniqlanmoqda. Hibsga olinganlar yo`q.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1