Toshkent shahri Sergeli tumani Qipchoq (Xonobod) ko`chasi bo`ylab THAY (Toshkent halqa avtomobil yo`li)dan Fayzli ko`chasigacha bo`lgan hududda erusti metrosi qurilish jarayonida hajmi D-300 mm va D-1000 mm quvurlarni ko`chirib o`tkazish ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 29 iyun kuni soat 22:00 dan 30 iyun kuni soat 12:00 ga qadar ichimlik suvi ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda "O`zsuvta`minot" Axborot xizmati xabar berdi.






