Sherobod tumanida joylashgan Surxon davlat qo`riqxonasi Xatak bo`limi Bog`li dara massivida 2021 yilda arxeologlar tomonidan mil.avv. 100-40 ming yillikka oid neantertal odam makoni topilib, joriy yilning iyun oyidan keng ko`lamli qazishma ishlari boshlab yuborildi.
Qazishma davomida vertikal qoyaning yuzasida 15-20 m balandlikda hosil bo`lgan va kirish juda qiyin bo`lgan ushbu g`orda tosh qurollar, yovvoyi hayvonlarning maydalangan suyaklari bilan birga 100-60 ming yil oldin yashagan neandertal odami hayotining to`liq va buzilmagan manzarasi (kul, dumaloq o`choq qoldiqlari) saqlanib qolganligi aniqlandi.
G`orning fan uchun ahamiyatli tomoni shundaki, Surxondaryo viloyatining nafaqat tog`li Boysun tumani, balki Sherobod tumani ham ilk insonlar makoni sifatida o`z isbotini topdi.
O`zR FA Milliy arxeologiya markazi hamda Avstraliyaning Griffet universiteti xodimlari tomonidan qazishma ishlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.






