AsosiyJamiyat

1 iyuldan elektr va gaz tariflariga o`zgartirishlar kiritilmaydi

'1 iyuldan elektr va gaz tariflariga o`zgartirishlar kiritilmaydi'ning rasmi

Hozirda jamoatchilik muhokamasiga qo`yilgan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg`i-energetika resurslari narxlarini o`zgartirish to`g`risida”gi qarori loyihasi ishchi guruh tomonidan o`rganilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida fuqarolardan mingdan ortiq murojaat kelib tushgan bo`lib, ayni paytda Energetika, Moliya, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirliklari mutaxassislari tomonidan o`rganilib, tahlil qilinmoqda.

Qabul qilingan takliflar bo`yicha barcha xulosalar va mutaxassislarning xulosalari taqdim etilgandan so`ng, ushbu masala bo`yicha yakuniy va tegishli qaror qabul qilinadi.

Qabul qilingan me`yoriy-huquqiy hujjatlarga ko`ra, tariflarning o`zgarishi hukumat qarori qabul qilingan kundan boshlab 15 kundan keyin kuchga kiradi.

Shu munosabat bilan, 2022 yil 1 iyuldan elektr va gaz tariflariga o`zgartirishlar kiritilmaydi.

    Boshqa yangiliklar