Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. Koronavirus infeksiyasining aholi orasida keng tarqalishini oldini olish va uning asoratlarini yanada kamaytirish maqsadida poytaxtimizning 12 ta tumanida COVID-19ga ixtisoslashgan maxsus poliklinikalar faoliyati qayta tashkil etildi.
Bir kunda 24 soat davomida faoliyat olib boruvchi ushbu muassasalarning asosiy vazifasi xastalikni erta bosqichlarda aniqlash, bemorlarga o`z vaqtida tashxis qo`yish hamda zarur davo muolajalarini olib borishdan iborat.
Ular quyidagi manzillarda joylashgan:
- Bektemir tuman markaziy ko`p tarmoqli poliklinikasi
Bektemir tumani, Vodnik dahasi, 75-uy.
- 5-sonli Ftiziatriya dispanseri
Mirobod tumani, 8-mart ko`chasi, 58-uy.
- 23-son oilaviy polikinika “Birlik” filiali
Uchtepa tumani, Chakmoniy ko`chasi, 14-a uy.
- 1-son Ftiziatriya dispanseri
Mirzo Ulug`bek tumani, A. Yugnakiy mavzesi, 15-a uy.
- 58-son oilaviy poliklinika
Yakkasaroy tumani, A.Qahhor ko`chasi, 44-uy.
- 11-son oilaviy poliklinika
Sergeli tumani, Choshtepa ko`chasi, 147-uy.
- 3-son Ftiziatriya dispanseri
Olmazor tumani, Usta Shirin ko`chasi, 1-berk, 3-uy.
- Toshkent shahar ftiziatriya va pulmonologiya markazi
Chilonzor tumani, Lutfiy 7, 33-uy, 1-xonadon.
- 4-son ftiziatriya dispanseri
Yunusobod tumani, 3-tor, Niyazbek yo`li, 6-uy.
- 42-son oilaviy poliklinika
Shayxontohur tumani, Taxtapul ko`chasi, 14-a uy.
- 2-son ftiziatriya dispanseri
Yashnobod tumani, Murg`ob ko`chasi, 93-uy.
- Toshkent shahar teri-tanosil dispanseri
Yangihayot tumani, Yo`ldosh 7, 23-uy.
Ushbu muassasalarda koronavirusni aniqlash bo`yicha ekspress va PZR test olish, birinchi yordam ko`rsatish, rentgen tekshiruvlarini o`tkazish, kasallikning og`ir darajalari qayd etilgan bemorlarni tez yordam mashinalari orqali koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalarga etkazish kabi imkoniyatlar mavjud.






