Biroz avval, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 29 iyun kuni Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar bergan edik.
Muloqot davomida, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning O`zbekistonga bo`lajak tashrifiga tayyorgarlik doirasida ikki mamlakatning ko`p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.






