AsosiyDunyo

Bavariyada bolta ko`targan yigit poezd yo`lovchilariga hujum qildi

Germaniyada bolta ko`targan yigit poezd yo`lovchilariga hujum uyushtirdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.  

Voqea dushanba, 18 iyul kuni, mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da Vyursburg shahri (Bavariya federal hududi)da sodir bo`lgan.

Hujum oqibatida 4 kishi yaralangan, ulardan 3 nafari og`ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Bundan tashqari Reuters bergan xabarga ko`ra, yana 10-15 kishi jabrlangan. Hujum paytida yo`lovchilardan biri poezdni to`xtatish maqsadida stop-kranni bosgan. Jinoyatchi yigit qochib ketmoqchi bo`lgan vaqtda polisiyachilar tomondan otib o`ldirilgan.

Surushtiruvlar natijasida bolta bilan yo`lovchilarga qarshi hujum uyushtirgan jinoyatchi 17 yoshli, afg`onistonlik qochoq yigit bo`lganligi aniqlangan. Mamlakat IIV rahbarining ma`lumot berishicha, yigit Germaniyaga yolg`iz o`zi kelgan, u Oksenfurt shahrida yashagan. Yaqin ikki hafta ichida uni nemis oilasi o`z qaramog`iga olishi lozim bo`lgan. U yo`lovchilarga hujum uyushtirish oldidan “Ollohu Akbar” deb baqirgan. Guvohlarning ma`lumot berishicha, jinoyatchi bolta va pichoq bilan qurollangan bo`lgan.

Boshqa yangiliklar