Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida 29 iyun kuni "Kamaz" yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat bo`yicha viloyat FVB o`zining munosabatini bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, hodisa kecha, 28 iyun kuni soat 11:13 da Mingbuloq tumani “Qo`g`aliko`l” MFY hududida harakatlanib ketayotgan Farg`ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi I. R. ismli fuqaroga tegishli “MERSEDES BENS 817”da sodir bo`lgan. Fuqaro 320 dona somonni olib ketayotgan vaqtida yong`in chiqqan va bu to`g`risida FVBga xabar kelib tushgan. Shunga asosan voqea joyiga 2 ta yong`in qutqaruv ekipajlari etib borib, yong`inni bartaraf etishgan.
Yong`in oqibatida avtomobil to`liq holda va 200 dona somonlari yonib zararlangan. Hozirda sodir bo`lgan hodisa yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.






