O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida"gi farmoni e`lon qilindi.
Farmonda ta`kidlanishicha, yangi O`zbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qo`shayotgan, el-yurtga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama o`rnak bo`lib kelayotgan quyidagi tashabbuskor va etakchi yoshlar "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlanadi:
Matmuratov Gulomjon Gafurovich - Xo`jayli tumanidagi «G`afur-G`ulom chorva» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Oteshova Gulayim Begim kizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Odiljonova Sarvinoz Azizbek qizi - Andijon davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Andijon viloyati
Ortiqxojiev Omatilloxon Xusniddin o`g`li - Asaka tumanidagi «Zamon mirishkorlari» fermer xo`jaligi boshlig`i, Andijon viloyati
Atoeva Vazirabonu Alisherovna - «Hunarmand» uyushmasining Buxoro viloyati bo`limi a`zosi, kashtado`z
Xamdamova Shamshoda Saidaxmat qizi - Buxoro shahridagi 24-ko`rish bo`yicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta`lim muassasasi targ`ibotchisi, Buxoro viloyati
Turakulov Sardorjon Yorqin o`g`li - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax filiali kardiojarrohi, Jizzax viloyati
Ergasheva Dilchehra Urolboy qizi - Paxtakor tumanidagi «Silverleafe» qo`shma korxonasi «John Deere» kombayni operatori, Jizzax viloyati
Qahorova Zabarjad Abdurasul qizi -Respublika «Qizlar ovozi» klubining Mirishkor tumani bo`limi rahbari, Qashqadaryo viloyati
Tursunov Adham Asomiddin o`g`li - «Uzbekistan GTL» mas`uliyati cheklangan jamiyatining markaziy laboratoriyasi smena muhandisi, Qashqadaryo viloyati
Quvondiqov Ulug`bek G`ayrat o`g`li - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Gidrometallurgiya zavodi sianlash va sorbsiya sexi boshlig`i, Navoiy viloyati
Sharipova Mahliyo Esan qizi - «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining Polivinilxlorid ishlab chiqarish, kaustik soda va metanol majmuasi sex smena muhandisi, Navoiy viloyati
Isaqova Moxidil Xusanboy qizi - Uychi tumanidagi «Asmus Gold Mega Textile» ishlab chiqarish kooperativi rahbari, Namangan viloyati
Raximjanov Dostonbek Ulug`bek o`g`li - Namangan shahridagi «Innovation Language Centre» nodavlat ta`lim muassasasi rahbari, Namangan viloyati
Omonova Nilufar Jo`rabek qizi - Samarqand shahridagi «MIT IT academy» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati
Temurov Anvar Ibodullo o`g`li - Urgut tumanidagi «Sam-Negin» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati
Anvarov Oybek To`lqinjonovich - «Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparki direksiyasi – IT Park» mas`uliyati cheklangan jamiyatining Sirdaryo viloyati filiali boshlig`i
Bo`ronova Dilsora Sharifjon qizi - Xovos tumanidagi «Textile Fashion» mas`uliyati cheklangan jamiyatining tikuv sexi ustasi, Sirdaryo viloyati
Sobirova Nazokat Rashid qizi - «Hunarmand» uyushmasining Boysun tumani bo`limi a`zosi, gilamdo`z, Surxondaryo viloyati
Xushboq Ulug`bek Baxrom o`g`li - Qiziriq tumanidagi «Janub tongi diyori» fermer xo`jaligi boshlig`i, Surxondaryo viloyati
Maxsimova Risolat Qosimjon qizi - Parkent tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo`yicha targ`ibotchisi, Toshkent viloyati
Tursunboeva Zuhra Botir qizi - Bo`stonliq tumanidagi 17-bolalar musiqa va san`at maktabining akademik xonandalik bo`yicha o`qituvchisi, Toshkent viloyati
Adxambekova Shabnam Yovsinzoda - So`x tumanidagi «Happy kids academy» nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi rahbari, Farg`ona viloyati
Ubaydullaeva Zarnigor Hasanboy qizi - O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Farg`ona viloyati boshqarmasi axborot va media xizmati bo`yicha mutaxassisi
Allaberganova Shahnoza Allabergan qizi - Urganch davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Xorazm viloyati
Matkarimov Raxmatjon Jumanazarovich - Hazorasp tumanidagi «Nur Muhammad Islom obod» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati
Ruzmuxamedova Xodjiya Shokir qizi - Olmazor tumanidagi 102-zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining eshitish idroki fani o`qituvchisi, Toshkent shahri
Umurzakov Islom Ilxom o`g`li - Toshkent shahridagi «Yosh maqomchilar» ansambli badiiy rahbari
Abdikarimov Kanat Alimjanovich - Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining PR-markazi etakchi mutaxassisi
Avazova Sevinch Pulat qizi - Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetining 4-bosqich talabasi
Amirov Elmurod Mansuriddin o`g`li - Geologiya fanlari universitetining Geologiya va geofizika instituti mineralogiya laboratoriyasi boshlig`i
Bo`taxonov Ziyodulla Zoyirjon o`g`li - O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi mutaxassisi
G`ulomov Axmadjon Shavkat o`g`li - «Uzbekistan airways» aksiyadorlik jamiyatining Uchuvchilar xizmati departamenti A-320 havo kemasi komandiri
Dadaboev Dilshod Abdujalil o`g`li - Ijtimoiy tarmoqlardagi «Uzbekistan official» sahifalari administratori, bloger
Evstafeev Evgeniy Aleksandrovich - I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali 4-bosqich talabasi
Jaloliddinov Jasurbek Jamshid o`g`li - Futbol bo`yicha O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) sardori
Iminoxunov Nuruddin Abduqahhorovich - «EPAM Systems» kompaniyasining O`zbekistondagi vakolatxonasi mahsulotlar menejeri
Nematzoda Firdavs Nematovich - O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligining Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i
Norchaev Xusain To`raqul o`g`li - Futbol bo`yicha O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) a`zosi
Ruziev Bekzod Dilmurodovich - «Boshtransloyiha» aksiyadorlik jamiyatining me`mor-qurilish bo`limi loyihalar bosh muhandisi
Safarov Akmal Umar o`g`li - O`zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining yosh ijodkorlar bilan ishlash sho``basi bosh mutaxassisi
Turg`unboev Shaxzod Nodir o`g`li - O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasining Janubiy Koreyadagi vakili
Xasanova Yoqutxon Baxodirjon qizi - M.Turg`unboeva nomidagi «Bahor» davlat raqs ansambli raqqosasi
Xodjaeva Shaxlo Murodovna - Amerika Qo`shma Shtatlarining «Amazon» kompaniyasi biznes tahlil bo`yicha muhandisi
Erkinov Hojimat Botir o`g`li - Futbol bo`yicha O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) a`zosi.






