AsosiyJinoyat

Toshkentda "paydo bo`lgan "mafiya"lar"ga sud hukmi o`qildi

'Toshkentda "paydo bo`lgan "mafiya"lar"ga sud hukmi o`qildi'ning rasmi

O`tgan yilning noyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda "Shahar bedarvozami? Kim bo`ldi bular bemalol o`zgalarni joniga tahdid qilishmoqda" deb nomlangan video tarqalgan edi

Unga ko`ra, 2021 yilning 31 oktyabr kuni taxminan soat 22.00 larda Bog`ishamol ko`chasida bir nechta fuqarolar o`rtasida janjal yuz beradi. Xususan, 30 yoshli J.I. va uning tanishlari 30 yoshli M.X., 39 yoshli J.A., 24 yoshli U.R., 37 yoshli X.A., 27 yoshli X.S., 30 yoshli U.D. o`zaro janjallashgan. Natijada gumonlanuvchilardan biri 30 yoshli J.I. qochmoqchi bo`lgan  "Chevrolet Equinox" rusumli (davlat raqami 01 U 245 MB) avtomobilga zarar etkazgan.  

Ayni paytda mazkur voqealar ishtirokchilariga sud hukmi o`qildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha:

1) 1982 yilda tug`ilgan Jaxongirga O`zbekiston Respublikasi JKning 112-moddasi 1-qismi bilan;
2) 1991 yilda tug`ilgan Mirtolipga O`zbekiston Respublikasi JKning 112-moddasi 1-qismi bilan;
3) 1993 yilda tug`ilgan Sultonmurodga O`zbekiston Respublikasi JKning 112-moddasi 1-qismi, 131-moddasi 3-qismi va 229-moddasida,
4) 1992 yilda tug`ilgan Botirxujaga O`zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 3-qismi va 229-moddasida bilan,
5) 1996 yilda tug`ilgan Siyovushga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 112-moddasi 1-qismi bilan hukm o`qildi.

Qayd etilishicha, Jinoyat-prosessual kodeksining talablariga muvofiq, apellyasiya shikoyati va protestlari hukm e`lon qilingan kundan e`tiboran yigirma sutka ichida, mahkum va jabrlanuvchi-fuqaroviy da`vogar tomonidan esa ularga hukmning ko`chirma nusxalari topshirilgan kundan e`tiboran shu muddat ichida berilishi mumkinligi ma`lum qilinadi.

Belgilangan muddat o`tgandan keyin berilgan shikoyat yoki protest oqibatsiz qoldiriladi.

Boshqa yangiliklar