Turkiya prezidenti harbiy to`ntarilish harakatlaridan ikki kun o`tgach CNN telekanaliga intervyu berdi. Erdo`g`an uning hayotini saqlab qolgan ikki nafar tan soqchisi jabrlanganligini, agar Marmaris mehmonxonasida yana 10 daqiqa qolganida halok bo`lishi mumkinligini so`zlab berdi.
Intervyu davomida AQShda istiqomat qilayotgan islom targ`ibotchisi Fathulla Gulenning taqdiri to`g`risida gap ketdi. Erdo`g`anning fikricha, hukumatni to`ntarish harakati aynan u tomondan amalga oshirilgan. Yaqin orada Turkiya prezidenti Amerika hukumatidan uni topshirishni talab qilmoqchiligini ma`lum qildi.





