O`zbekistonda ozodlikdan mahrum etish jazosini o`tab chiqqan fuqarolarga 9,2 mln so`m yordam puli beriladi

Jamiyat 30.06.2022, 12:22
O`zbekistonda ozodlikdan mahrum etish jazosini o`tab chiqqan fuqarolarga 9,2 mln so`m yordam puli beriladi

Prezident qarori (PQ-299-son, 29.06.2022 y.) bilan Ozodlikdan mahrum etish jazosini o`tab bo`lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko`maklashish bo`yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Nizom ozodlikdan mahrum etish jazosini o`tab bo`lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko`maklashish bo`yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartibini belgilaydi.

 Yordam puli har bir ko`mak oluvchiga uning ijtimoiy moslashuviga ko`maklashish uchun tadbirkorlik, me`morchilik, hunarmandchilik kabi yo`nalishlardagi loyihalarini amalga oshirish uchun bir marta beriladi (mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining 10 baravari miqdorida – 9 mln 200 ming so`m).

Yordam pullari ushbu masalasini ko`rib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalarning qarorlari asosida beriladi.

Ko`mak oluvchilar jazoni o`tab bo`lganidan keyin 3 oy muddatda ishchi organga o`z loyihasini ilova qilgan holda ariza taqdim etadi.

Loyihani moliyalashtirish maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosani tayyorlash quyidagi mezonlarga asoslanadi:

▫️boshlamoqchi bo`lgan tadbirkorlik, me`morchilik yoki hunarmandchilik faoliyatining natijadorligi va daromadli ekanligi;

▫️mahalla fuqarolar yig`inining ijobiy tavsiyasi;

▫️kam ta`minlangan yoki yolg`izligi;

▫️qaramog`ida nogironligi bo`lgan yoki voyaga etmagan farzandi borligi;

▫️ko`p (4 va undan ortiq) farzandi borligi va moddiy ko`makka muhtojligi;

▫️noturar joylarda istiqomat qilayotganligi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1