1

Toshkent sayyohlar uchun eng arzon shaharlar ro`yxatiga kiritildi

Jamiyat 30.06.2022, 13:35
Toshkent sayyohlar uchun eng arzon shaharlar ro`yxatiga kiritildi

Xorijiy sayyohlar uchun eng arzon shaharlar ro`yxati shakllantirildi. Cost of Living City Ranking reytingidan Toshkent, Dushanbe va Bishkek ham o`rin olgan.

Ro`yxatda jami 227 ta shahar mavjud bo`lib, eng qimmatdan eng arzonga qarab shakllantirilgan. Toshkent 221-o`rinni egalladi.

Xorijliklar yashashi uchun eng qimmat shahar sifatida Gonkong, eng arzoni esa Anqara deb tan olingan.

Eng arzon shaharlar o`nligiga, shuningdek, Jazoir, Tunis, Istanbul, Karachi, Islomobod, Olmaota (219), Dushanbe (225) va Bishkek (226) kirdi.

Yuqori narx bo`yicha birinchi o`ntalikka bir vaqtning o`zida to`rtta Shveysariya shahri kirdi: Syurix, Jeneva, Bazel va Bern.

Gonkong esa xorijliklar uchun dunyodagi eng qimmat shahar deb tan olindi. Top-10 talikka Tel-Aviv, Nyu-York, Singapur, Tokio va Pekin ham kirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1