1

1 iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi

Jamiyat 30.06.2022, 13:52
1 iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1 iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 36-38 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo`ronlari bilan birga sekundiga 15-20  metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo`ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-28, kunduzi 35-40 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo`ronlari bilan birga sekundiga 15-20  metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 21-26 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo`ronlari bilan birga sekundiga 15-20  metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 25-30, kunduzi 38-43, ba`zi joylarda  45 darajagacha issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo`ronlari bilan birga sekundiga 15-20  metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 21-26 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo`ladi.

Respublikamizning tog`oldi va tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 16-21 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo`ladi.

Muhim hodisalar:

Joriy yilning 29 iyunidan  3 iyuligacha tog`larda  kutilayotgani yuqori harorat sababli Qirg`iziston hududidan Farg`ona viloyatining tog`oldi va tog`li joylari: So`x, Farg`ona tumanlari hamda So`x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida sel oqimlari o`tishi mumkin.

Tog`oldi va tog`li tumanlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va  tog`li hududlarga ketayotgan haydovchilardan ehtiyot choralarini ko`rishlari so`raladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1