1

O`zbekistonda koronavirusga bir kunda o`rtacha 10 mingta PZR-test topshirilmoqda — SSV

Jamiyat 30.06.2022, 14:56
O`zbekistonda koronavirusga bir kunda o`rtacha 10 mingta PZR-test topshirilmoqda — SSV

O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining dinamikasiga nazar tashlasak, joriy yil 14 iyundan boshlab aholi orasida kasallanish ko`rsatkichlari nisbatan ortayotganini ko`rish mumkin.  

Shu bois ayni paytda yurtimizda xastalikni erta aniqlash, o`z vaqtida zarur davo choralarini ko`rish maqsadida COVID-19ga gumon qilingan shaxslardan PZR-test tahlillarini olish ishlari samarali tashkil etilyapti. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi. 

Jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ma`lumotiga ko`ra, joriy yil 15-25 iyun kunlari mamlakatimizda kuniga o`rtacha 5629 ta, jami 62 mingga yaqin PZR-test sinamasi o`tkazilgan.

So`nggi kunlarda esa bu raqam qariyb ikki barobarga ortib, kuniga o`rtacha 10 ming nafar fuqarodan PZR-test tahlillari olinmoqda.

Qayd etish kerakki, o`tgan yil iyun oyining oxirgi haftasida jami 284 500 ga yaqin ana shunday sinama tahlillari o`tkazilgan edi.

Ma`lumot uchun, kecha  O`zbekistonda yana 97 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Mamlakatda jami kasallanganlar soni 240 764 nafarga etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1