Ziyoratchilarning Hajga jo`nab ketishi va hajdan qaytib kelishi, shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari munosabati bilan terminalga kuzatuvchilarning kirishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Terminal binosi va terminal oldi hududlarda tirbandliklar hamda tiqilinch holatlarning oldini olish maqsadida cheklovlar joriy yilning 31 iyuliga qadar amal qiladi.
Estakadaga chiqish avtomobillar va avtobuslar uchun ochiq.