AsosiyJamiyat

Bugundan magistraturaga qabul boshlandi

'Bugundan magistraturaga qabul boshlandi'ning rasmi

2022 yil 1 iyuldan respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro`yxatdan o`tkazish jarayoni boshlandi.

 2022/2023-o`quv yili uchun davlat OTMning magistratura mutaxassisliklariga o`qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiyrasmiy http://magistr.edu.uz veb-sayti orqali 30 iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Eslatib o`tamiz, 2022/2023-o`quv yilidan boshlab magistraturaga qabul abiturientning bakalavriat diplom bali o`rtacha ko`rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo`yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qat`iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qo`shimcha imtihon o`tkazilmaydi.

Shu o`rinda, magistratura mutaxassisliklari hamda oliy ta`limdan keyingi ta`lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar