AsosiyJamiyat

IIV Nukusda bo`lib o`tgan noqonuniy namoyishlar bo`yicha ma`lumot berdi

'IIV Nukusda bo`lib o`tgan noqonuniy namoyishlar bo`yicha ma`lumot berdi'ning rasmi

IIV Nukus shahridagi fuqarolarning noqonuniy namoyishlari yuzasidan ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 1 iyul kuni soat taxminan 15.00 lardan boshlab Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahrida ayrim fuqarolar, respublikamizda amalga oshirilayotgan konstitusiyaviy islohotlarni noto`g`ri talqin qilishlari oqibatida, kutilmaganda ko`cha yurishlarini tashkil qilib, Nukusning Markaziy dehqon bozorida to`planib, namoyishlar uyushtirishgan.

Mazkur holat yuzasidan, jamoat tartibini buzilishini oldini olish hamda fuqarolar tomonidan turli tartibbuzarliklarni sodir etishlariga yo`l qo`ymaslik maqsadida, dehqon bozori hududiga huquqni muhofaza qilish organlarining kuch va vositalari jalb etilgan.

Hozirda jamoat tartibi tiklanib, fuqarolarning qonunbuzarlik holatlariga yo`l qo`ymasliklari va barcha murojaatlari o`rnatilgan tartibda ko`rib chiqilishi bo`yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

 

 

    Boshqa yangiliklar