AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Qoraqalpog`istonga jo`nab ketdi

'Shavkat Mirziyoev Qoraqalpog`istonga jo`nab ketdi'ning rasmi

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Qoraqalpog`istonga jo`nab ketdi. Flight Radar servisi prezident samolyotidan tashqari hukumatning yana bir nechta samolyotlari Nukusga qarab yo`lga chiqqanini ko`rsatmoqda.

Kun.uz murojaat qilgan rasmiy manbalar davlat rahbari Nukusga yo`l olganini tasdiqladi.

Shaharda kecha, 1 iyul kuni ommaviy miting bo`lib o`tgandi. Rasmiylar ma`lumotiga ko`ra, bunga ayrim fuqarolar konstitusiyaviy islohotlarni noto`g`ri talqin qilgani sabab bo`lgan.

Kecha oqshom O`zbekiston Ichki ishlar vazirligi jamoat tartibi tiklangani, fuqarolarning qonunbuzarlik holatlariga yo`l qo`ymasligi va barcha murojaatlari o`rnatilgan tartibda ko`rib chiqilishi bo`yicha tushuntirish ishlari olib borilayotganini ma`lum qildi.

Bugun, 2 iyul kuni Qoraqalpog`iston parlamenti, hukumati va Ichki ishlar vazirligi qo`shma bayonot chiqarib, 1 iyul kuni bir guruh shaxslar fuqarolarni Qoraqalpog`iston Respublikasining ma`muriy binolari oldiga yig`ib, bu binolarni egallab olishga uringanini ta`kidladi.

Qoraqalpoq rasmiylariga ko`ra, ular “populistik shiorlarni niqob qilib olib, fuqarolarning ongi va ishonchini manipulyasiya qilgan”.

Huquqni muhofaza qilish organlari ommaviy tartibsizlik uyushtirishga urinishlar tarqalishiga chek qo`ygan. Ommaviy tartibsizliklar tashkilotchilarining bir guruhi hamda organlar xodimlariga faol qarshilik ko`rsatgan shaxslar qo`lga olingan.

    Boshqa yangiliklar