1

«Yuksalish» raisi Qoraqalpog`istondagi vaziyatlarga to`xtaldi

Jamiyat 02.07.2022, 20:03
«Yuksalish» raisi Qoraqalpog`istondagi vaziyatlarga to`xtaldi

«Yuksalish» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov Qoraqalpog`istondagi holatlar haqida o`z fikrini bildirdi

"Ma`lumki, mamlakatimizda konstitusiyaviy islohotlar amalga oshirilmoqda va dastlabki loyiha 5 iyulgacha davom etadigan umumxalq muhokamasiga qo`yilgan.

Biroq, Qoraqalpog`iston Respublikasining maqomi to`g`risidagi ayrim o`zgartirishlar Qoraqalpog`iston aholisining ma`lum qismi o`rtasida tushunmovchilik va xavotirga sabab bo`lganining guvohi bo`ldik.

Bir necha kun davomida aholining norozi qismi o`z fikrini bildirish uchun rasmiy vositalardan foydalandi. Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda 1341 raqamiga qo`ng`iroq qildilar, “Mening Konstitusiyam” platformasiga ham murojaatlar yuborildi.

Voqealar rivojini, ayniqsa maxsus tashkil etilgan telegram messenjerlarining ishini shaxsan o`zim kuzatdim va o`rgandim.

Xulosa shuki, aholi muhokamalarning boshlanishida o`z noroziligini faqat rasmiy kanallar orqali ifoda etdi va shunday chaqiriqlar bo`ldi. Chunki konstitusiyaga o`zgartirishlar kiritish – hali to`xtamagan, balki davom etayotgan muhokama jarayonidir. Ya`ni yakuniy loyiha hali shakllantirilmagan edi.

Biroq kecha Nukus shahrida to`satdan agressiya unsurlari mavjud bo`lgan noqonuniy namoyishlar uyushtirildi. Alohida guruhlar va provokatorlar yig`ilgan fuqarolar bilan aralashib, ma`muriy binolar majmuasidagi davlat muassasalarini egallab olishga urindi. Maqsad tushunarli - shu orqali O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarish. Ishonchim komilki, huquq-tartibot idoralari bu jinoiy urinishlarga huquqiy baho beradi.

Men milliy va xalqaro hamjamiyatni geosiyosiy jarayonlarning provokasion to`lqinlaridan ogoh bo`lishga, ularning nishoniga aylanib qolmaslikka chaqirmoqchiman. O`zbekiston so`nggi yillarda izchil rivojlanayotgan, demokratik qadriyatlarga sodiqligini namoyon etgan davlat!

O`zbekistonning har bir fuqarosi konstitusiyaga kiritilgan o`zgartirishlar yuzasidan o`z fikrini bildirish huquqiga ega. Shu bilan birga, bularning barchasi qonuniy imkoniyatlar doirasida amalga oshishi kerak.

Biz huquqiy va demokratik davlat qurmoqdamiz. Barchadan biz tanlagan yo`limizni hurmat qilishni so`rayman.

Qoraqalpoq eli nihoyatda dono va olijanobdir. Ziddiyatli vaziyatlar bo`lmasligiga ishonaman" deya o`z fikrlarini yakunlagan Bekmurodov. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1