1

“KVN”da millatini kulgiga qoldirgan o`zbek aktrisasi Sitora Farmonova lisenziyasidan mahrum bo`ldi

Shou-biznes 19.07.2016, 22:21
Teglar: Shou-biznes, Avtobus
“KVN”da millatini kulgiga qoldirgan o`zbek aktrisasi Sitora Farmonova lisenziyasidan mahrum bo`ldi

Lisenziatlar Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilov (Sarvar va Komil) tomonidan Lisenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar muntazam ravishda buzilganligi sababli, ushbu xonandalar nomiga berilgan lisenziyalarning amal qilish muddati tugatildi. Bu haqda “O`zbeknavo” estrada birlashmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Darakchi.uz nashriga kelib tushgan ma`lumotlarga ko`ra, Rossiyaning “Perviy” telekanali orqali takroriy efirga uzatilgan “KVN” ko`rsatuvida aktrisa Setora Farmonova Qirg`iziston Respublikasining jamoasi nomidan ishtirok etgan. Uning chiqishida jamoa uni “o`zbekistonlik aktrisa Evropaga o`ziga er qidirib kelgan. Uni bunga o`zbek eri majbur qildi”, qabilidagi hazillar bilan o`zbek millatini ustidan kulish kuzatilgan. 

“Nahotki O`zbekiston nomidan ishtirok etgan aktrisa o`z yurtini va uning qadriyatlarini shu darajada erga urishga qo`yib bergan bo`lsa”, – deb yozadi Darakchi.uz nashriga ko`rsatuvni tomosha qilgan guvohlardan biri.

“O`zbeknavo”ning xabarida yuqorida nomlari keltirilgan san`atkorlar aynan nima sababdan lienziyadan mahrum etilganliklari ma`lum qilinmagan. 

Yuqorida nomlari qayd etilgan san`atkorlarning lisenziyasi “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qaroriga asosan 19 iyuldan tugatildi.

“O`zbeknavo” O`zbekiston Respublikasi qonunlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari talabini bajarish har bir xonanda va san`atkorning burchi ekanligini yana bir bor san`atkorlarga eslatib qo`ydi.

Sharhlar

Sankt-Peterburgda yo`lovchi avtobus daryoga tushib ketdi

10.05.2024, 18:04

Sankt-Peterburg shahri markazida ichida o`nlab yo`lovchilar bo`lgan avtobus Moyka daryosiga quladi. Holat aks etgan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Bu haqda RIO Novosti xabar berdi.“Fontanka” nashri guvohlarga...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
Qozog`istonda 33 nafar o`zbekistonlik yo`lovchi bo`lgan avtobus to`xtab qoldi

03.02.2023, 10:42

Joriy yil 1 fevral kuni soat 07:57 da Qozog`istonning Jualin tumani Nurlikent qishlog`i yaqinida avtobus Olmaota-Toshkent avtomobil yo`lining 570-kilometrida to`xtab qolgan. Qayd etilishicha, transport dvigatelida...
Samarqandda 64 yoshli ayol avtobus urib ketishi natijasida voqea joyida vafot etdi (video)

30.01.2023, 12:13

Samarqandda inson o`limi bilan bog`liq ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, 24 yanvar kuni soat 07:30 atrofida Samarqand...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1