UNICEF Evroittifoqdan Ukraina uchun 40 million evro oldi. Bu mablag` tashkilotning mamlakatdagi loyihalari uchun yo`naltiriladi, deya yozmoqda "Zamon" nashri.
EIning Afg`onistondagi diplomatik missiyasi rahbari Andreas fon Brandtning so`zlariga ko`ra, ushbu pullarning 25 millioni poliomielitga qarshi bolalarni emlashga, 15 millioni esa bolalar himoyasiga sarflanadi.
Xususan, ota-onasidan ayrilgan 18 ming bolaga psixologik yordam va 7.5 ming bolaga professional ta`lim beriladi. Bundan tashqari, o`ta qashshoq 4.6 ming uy xo`jaliklariga ko`mak taqdim etiladi.