Germaniyaning kemalar qurish bilan shug`ullanadigan Lurssen verfi rossiyalik biznesmen Alisher Usmonovning 156 metrli Dilbar superyaxtasining umumiy sig`imi 15 917 tonna kelishini rasman tasdiqladi. Bu haqda Yacht Harbour nashriga asoslanib Lenta.ru xabar berdi.
Bugungi kunda Dilbar dunyodagi eng keng yaxta sanaladi. Ikkinchi va uchinchi o`rinlarni — Ummon sultoniga tegishli Al Said (15 850 tonn) va Abu-Dabi amirining Azzam (13 136 tonn) yaxtasi egallaydi. Ularning barchasi Lurssen tomonidan qurilgan.
Joriy yilda buyurtmachiga etkazilgan Dilbar yaxtasiga dizel-elektr kuchlanish uskunasi o`rnatilgan, u kemaga soatiga 42 kilometr tezlikda harakatlanish imkonini beradi. Yaxtaning narxi oshkor etilmayapti, ammo ekspertlar uni 600 million dollarga baholashdi.
Forbes jurnali talqini bo`yicha Rossiyaning eng boy uch odamidan biri bo`lgan Alisher Usmonovning Dilbar yaxtasidan tashqari 110 metrli Ona superyaxtasi ham bor.