AsosiyDunyo

Alp tog`larida muzliklarning erib, o`pirilishi oqibatida 15 kishi bedarak yo`qoldi

'Alp tog`larida muzliklarning erib, o`pirilishi oqibatida 15 kishi bedarak yo`qoldi'ning rasmi

Zamon.uz saytining Italiya matbuotiga tayanib xabar berishicha, ular orasida xorijliklar ham bo`lishi mumkin.

Dolomit Alp tog`larida muzliklarning erib, o`pirilishi oqibatida halok bo`lganlar soni olti kishiga etdi, 9 kishi jarohatlangan

15 nafar bedarak yo`qolganlarni qidirish davom etmoqda. 3 500 metr balandlikda qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Fojia Trento provinsiyasida, Apennin yarim orolining eng yirik muzligi Marmoladada sodir bo`lgan.

Ikki guruh alpinistlar toqqa chiqishayotganida, katta muz, qor va tosh parchalari 300 km/soat tezlikda tepadan pastga qulagan.

Bosh vazir Mario Dragi qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Muz massasining emirilishi muzlik tepasida +10 daraja - rekord iliq harorat qayd etilganidan bir kun o`tib sodir bo`lgan. Qutqaruvchilar yangi xavf borligidan ogohlantirmoqda.

Ekologlarning fikriga ko`ra, so`nggi yigirma yil ichida muzlikning uchdan bir qismi erib ketgan.

    Boshqa yangiliklar