AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Emomali Rahmon bilan qo`ng`iroqlashdi

'Shavkat Mirziyoev Emomali Rahmon bilan qo`ng`iroqlashdi'ning rasmi

Tojikiston rahbari Qoraqalpog`iston yuzasidan ham fikr bildirdi.

O`zbekiston prezidenti matbuot xizmatiga ko`ra, suhbat avvalida ikki mamlakat etakchilari Qoraqalpog`iston masalasiga ham to`xtalib o`tishgan.

Emomali Rahmon Qoraqalpog`iston Respublikasida barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta`minlash bo`yicha sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatlagan.

"Suhbatda do`stlik, yaxshi qo`shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalariga alohida e`tibor qaratildi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi yuzasidan fikr almashildi.

",-deyiladi matbuot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar