AsosiyJamiyat

AQSh fuqarolari Marshall va Ebru Samarqandda nikohdan o`tishdi

'AQSh fuqarolari Marshall va Ebru Samarqandda nikohdan o`tishdi'ning rasmi

Kecha, 4 iyul kuni Samarqandda Registon maydonida Marshall Maer va Ebru Sanning to`y marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Samarqand viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma`lum qilishicha, kunlarning birida Ebru Marshaldan velosipedda kelishni so`radi. Ular yo`l  bo`ylab  suhbatlashishdi. Ammo ular boradigan joyni Ebru aytmay turgan edi. Ma`lum bo`lishicha, ular Brighton - Beachdagi uning sevimli o`zbek restorani «Nargis Café»siga  borishgan.  Ammo Marshall ham o`sha o`zbek restoranining muxlisi edi. Bu 4 iyul – ular abadiy eslaydigan kun edi!

So`nggi ikki yil ichida ikkalasi ham yangi istiqbolli ish topishdi.  5 kontinentda  bo`lishdi.  Ular hatto Turkiyada zaytun bog`ini sotib olishdi va endi  bu yil sentyabr oyida bo`lib o`tadigan katta to`yida mehmonlarga o`zlarining zaytun moylarini berishni rejalashtirishmoqda.

To`y marosimining o`tkazilish joyi haqida savol tug`ilganda, yoshlar uzoq vaqt o`ylamadilar. Axir, bir necha yil oldin Samarqandda bo`lgan Marshall shahar tarixi va me`morchiligiga oshiq bo`lgan.

Marshall va Ebru aytishlaricha, ularning sevgisi tarixi o`zbek taomlaridan boshlangan va ular Registonni tanlashgan, chunki Samarqand abadiylikni aks ettiradigan ibodat joyidir.

    Boshqa yangiliklar