2018 yil Rossiyada bo`lib o`tadigan Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasining Iroq termasiga qarshi Toshkentda o`tkaziladigan uchrashuvi uchun chiptalar sotuvga chiqdi, deb xabar beradi O`FF matbuot xizmati.
24 iyul kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadigan o`yin uchun chiqarilgan chiptalar ikki xil toifada: SIP sektorlar uchun chiqarilgan chiptalar 30 000 so`m qilib belgilangan bo`lsa, boshqa sektorlar uchun chiptalar narxi 15 ming so`mdan. Chiptalar “Bunyodkor” stadioni kassalarida 20 iyul, soat 10:00dan boshlab sotuvda.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston – Iroq uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
Shuni ham ta`kidlash kerakki, 21 iyul kuni soat 18:00da, “Jar” stadionida O`zbekiston U-23 – Iroq o`yini bo`lib o`tadi. Ushbu o`yinga kirish bepul.
15.03.2023, 11:00
FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...07.05.2022, 09:03
Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...23.10.2021, 22:16
Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...22.10.2021, 14:47
Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...