AsosiyDunyo

Niderlandiyada ilk bor bolada maymun chechagi aniqlandi

'Niderlandiyada ilk bor bolada maymun chechagi aniqlandi'ning rasmi

Niderlandiyada bolalarning maymun chechagini yuqtirish bilan bog`liq birinchi holat aniqlandi, deyiladi mamlakat sog`liqni saqlash milliy instituti (RIVM) tarqatgan xabarda.

Xabarda “Niderlandiyada 4 iyulgacha 352 kishida maymun chechagi  infeksiyasi aniqlandi”,  bemorlar orasida maktab yoshiga etgan bola ham bor. U qanday qilib infeksiyani yuqtirib olgani institut olimlariga qorong`u” ekani aytiladi. 

RIVM tarqatgan xabarda ta`kidlanishicha, kasallik holatlari, ayniqsa, nosog`lom jinsiy hayot kechiradigan erkaklarda ko`p uchramoqda. 

Maymun chechagi kam uchraydigan infeksiya bo`lib, odamlardan odamlarga yuqadi. Maymun chechagi odatda engil xastaliklar toifasiga kiradi va ko`pchilik bemorlar bir necha hafta ichida tuzalib ketadi, biroq ayrimlarda kasallik og`ir kechishi mumkin. 

Boshqa yangiliklar