Turkmaniston hukumati Qozog`iston bilan chegaradosh hududda xavfsizlik choralarini kuchaytirdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
“Turkmanistonning Qozog`iston bilan chegaradosh hududida xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida chet ellik fuqarolarning mamlakat hududiga kirib kelishi vaqtinchalik, besh kunga yopilgan”, deyilgan Qozog`istonning Mangistau viloyati chegara bo`yicha davlat daromadini hisobga olish departamenti xabarida .
Ilgari Almati shahrida terakt uyushtirilgani, 4 kishi halok bo`lgani haqida xabar bergan edik.