AsosiyJamiyat

Hokimlarni senatorlar tarkibiga kiritmaslik taklif etilmoqda

'Hokimlarni senatorlar tarkibiga kiritmaslik taklif etilmoqda'ning rasmi

Deputat Rasul Kusherbaevning xabar berishicha, Konstitusiyaga kiritilayotgan o`zgartirishlar qatorida Oliy Majlis Senati a`zolari, ya`ni senatorlar tarkibida ijro hokimiyati vakillari bo`lishi mumkin emasligini belgilab qo`yish zarur.

" – Toki hokimlar ijro hokimiyati vakili sifatida bir vaqtning o`zida qonun chiqaruvchi hokimiyatda ham vakil bo`lmasligi uchun, – deydi deputat.

 Bu demokratik jamiyatlarga xos bo`lib, hokimiyatlar o`rtasidagi bo`linish va o`zaro tiyib turish prinsipining to`la ishlashiga imkon yaratadi". 

 R.Kusherbaevning ta`kidlashicha, Oliy Majlis Senati qonun chiqaruvchi hokimiyatning ajralmas va muhim bo`g`ini hisoblanadi.  Shu bois, ushbu bo`g`in ijro hokimiyatining har qanday ta`siri va aralashuvidan xolis bo`lishi kerak.

    Boshqa yangiliklar