Toshkentning Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko`chasida, 1979 yilda tug`ilgan haydovchi Z.Yu. davlat raqami 01 M 014070 bo`lgan "Hyundai Santa Fe" avtomashinasida belgilanmagan joydan yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yuborgan. Avtohalokat 2022 yilning 5 iyul kuni soat taxminan 00:05 larda sodir bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda.
Zarba natijasida piyoda yiqilgan va bir yo`nalishda harakatlanib kelayotgan, haydovchi 1983 yilda tug`ilgan M.X. boshqaruvidagi "Toyota" rusumli avtomashina tagida qolib ketgan.
Natijada piyoda, 1980 yilda tug`ilgan V.S. olgan tan jarahatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






