Evroparlament deputatlari Xorvatiyaning 2023 yil 1 yanvardan Evro hududiga qo`shilishini qabul qilish uchun ovoz berdi, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri.
Qayd etilishicha, Xorvatiyaning evrozonaga qo`shilish uchun zarur bo`lgan mezonlarga to`liq javob berganini tasdiqlovchi hisobotni 539 deputat ma`qullagan, 45 nafari qarshi, 48 nafari esa betaraf qolgan.
Hisobotda qayd etilishicha, so`nggi davrda SOVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklarga, shuningdek, Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operasiyasi oqibatlariga qaramay, Xorvatiya evrozonaga o`tishga to`liq tayyor.
Ma`lumot o`rnida, iyun oyi boshida Evrokomissiya Xorvatiya 2023 yil 1 yanvardan umumiy Evropa valyutasiga o`tish uchun zarur bo`lgan mezonlarga javob berishiga qaror qilgan.