AsosiySport

O`zbekiston termasi “Ufa” klubini enga olmadi

Avstriyada o`quv-mashg`ulot yig`inini o`tkazayotgan O`zbekiston terma jamoasi Vyorgl shahrida Rossiya Premer-ligasi vakili “Ufa” klubi bilan o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazib, 2:2 hisobidagi durang natija qayd etdi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati ma`lum qildi.

Uchrashuvning 2-daqiqasida rossiyaliklar hujumchisi Marsino hisobni ochdi. 19-daqiqada burchak zarbasidan etkazib berilgan to`pni Eldor Shomurodov boshi bilan darvozaga yo`lladi va hisobning 1:1 ko`rinish olishini ta`minladi. 21-daqiqada esa “Paxtakor” yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov aniq va kuchli zarbasi bilan O`zbekistonning ikkinchi goliga  mualliflik qildi.

Uchrashuvning 59-daqiqada Marsino O`zbekiston milliy terma jamoasi darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi va hisobni tenglashtirdi. Bu - uchrashuvdagi so`nggi gol bo`lib qoldi. 

O`rtoqlik uchrashuvi

“Ufa” – O`zbekiston 2:2

Gollar: Marsino (2, 59-pen.) - Eldor Shomurodov (19), Jamshid Iskanderov (21).

Boshqa yangiliklar