AsosiyJamiyat

Namanganda fuqaro 80 yoshga kirganda tug`ilganligi qayd etildi

'Namanganda fuqaro 80 yoshga kirganda tug`ilganligi qayd etildi'ning rasmi

Namanganda fuqaroning 80 yoshda tug`ilganligi qayd qilindi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Kosonsoy tumani “Ozod” mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi Muxtorxon Dadaxonov tuman FHDYo bo`limiga ariza bilan murojaat qiladi. Uning murojaati o`rganilganda 1942 yilda tug`ilgan fuqaro turli sabablarga ko`ra tug`ilganlik guvohnomasi qayd etilmagani ma`lum bo`lgan.

Kosonsoy tuman FHDYo bo`limi fuqaroning arizasiga muvofiq birinchi marta tug`ilganlik guvohnomasi qayd qilindi.

"Tug`ilganlik guvohnomam yo`qligidan juda ko`p qiynalganman. Oradan shuncha vaqtlar o`tib, 80 yoshni qarshilaganimda tug`ilganim qayd qilindi. Bundan men, yaqinlari juda minnatdor bo`ldik", - deydi Muxtorxon ota Dadaxonov

    Boshqa yangiliklar