1

Lola o`zining ashaddiy dushmanini oshkor qildi

Shou-biznes 21.07.2016, 11:55
Teglar: Shou-biznes, Lola Yo`ldosheva
Lola o`zining ashaddiy dushmanini oshkor qildi

Xonanda Lola bugun o`zining eng ashaddiy dushmanini va u bilan qanday kurashishini oshkor qildi. Bu haqda Lola o`zining “Instagram”dagi sahifasida yozib qoldirdi:

“Dangasalik – mening eng ashaddiy dushmanlarimdan biri. Shunday kunlarim bo`ladiki, men o`rnimdan turishni umuman istamayman. Buning ustiga “Taxtlar o`yini” (“Igra prestolov”)ning yangi mavsumi chiqsa men kunlab ekranga mixlanib qolishim mumkin. Ammo bu mening zaif tomonim, turmush tarzim emas. Men har kuni dangasalik bilan kurashaman. Bu oson emas. Doim erta turmaslik, sportzalga bormaslik, jovoningizni yig`ishtirmaslik uchun juda ko`p bahona topsa bo`ladi... “Bugun emas... Dushanbadan...” Faqat unutib qo`yyamizki, omad ham bugun va hozir kelmaydi... Keyin esa “mening omadim kelmaydi, anu odam omadli...”, deb  nolib o`tiramiz. Ishoning, biz o`zimizning beshinchi nuqtamizni joyidan ko`tarmas ekanmiz, o`zimiz ustimizda ishlamas ekanmiz – hech narsa kelmaydi! O`zingiz ustingizda ishlang! O`z kuchingizga ishoning! Dangasalikni o`zingizdan quving! Bu o`yinda g`olib faqat bitta – bu Siz!”

Lola muxlislarini yaqin kunlarda yangi tarona bilan quvontiradi. 1 avgust kuni xonanda o`zining “Xabar ol”, deb nomlangan trekini taqdim etadi. Yaqin orada esa bu qo`shiqqa klip ham suratga olinadi.

 

Sharhlar

Zoxirshoh Jo`raev Botir Qodirov uning akasi ekani haqidagi mish-mishlarga nuqta qo`ydi

06.11.2019, 12:06

Zoxirshoh Jo`raev "Milliy" telekanalining "Nishondasiz" ko`rsatuvida ishtirok etib, oilaviy mish-mishlarga nuqta qo`ydi...Ko`rsatuv davomida boshlovchi Zoxirshohdan Botir Qodirov Sherali Jo`raevning farzandi ekani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritishini...
Ozodbek Nazarbekov, Ulug`bek Rahmatullaev, Shaxzoda va Lolani birlashtirgan loyiha — QO`LINGDA IMKON!

21.05.2018, 09:33

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan 1-iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Qo`lingda imkon” nomli ijtimoiy loyihaga qo`l urildi. Taronani O`zbekiston xalq...
Lola nega folchilarni inkor etmadi?

29.03.2018, 09:26

Ijod va oilani bir maromda olib borayotgan xonanda Lola Yo`ldosheva noodatiy savollarimizga javob berdi... — Aytishlaricha siz... — Ishga nisbatan injiq va talabchanman ekanman. Menimcha,...
Lola Yo`ldosheva Rossiyadagi hayoti va ijodi haqida

13.03.2018, 16:48

8 mart kuni taniqli o`zbek qo`shiqchisi Lola Yo`ldosheva uzoq tanaffusdan so`ng Moskvada katta konsert bergani haqida xabar bergan edik. Konsertdan avval "Sputnik" nashri muxbiri go`zal...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1