2022 yil 1 yarmida 491 938 nafar fuqaro 2 343 mlrd so`mlik daromadi to`g`risida deklarasiya taqdim etdi. Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Fuqarolarning:
- eng ko`p daromadi muklni ijaraga berishdan olingan – 1,1 trln so`m
- eng kam daromadi tekinga olingan ulushlar va aksiyalar – 17,9 mlrd so`m
Shundan deklarasiya taqdim etganlarga "kontrakt" to`lovi uchun 175,2 mlrd so`m daromad solig`i qaytarildi
Tahlil qilinadigan bo`lsa, joriy yil 1-yarmida:
-491 938 nafar fuqaro deklarasiya taqdim etdi;
-deklarasiyalar asosida to`langan soliq summasi 150,8 mlrd so`mni tashkil etdi;
-79 685 nafar fuqaro deklarasiyalarni elektron shaklda topshirdi.
O`tgan yilning 1-yarmiga nisbatan:
-deklarasiya taqdim etish 110,2% (446 606 nafar);
-deklarasiyalar asosida to`langan soliq summasi 3 barobar (49,8 mlrd so`m);
-deklarasiyalarni elektron shaklda tapshirish 23 barobar (3 469 nafar) o`sdi.
2022 yil dastlabki 6 oyida:
-JShODS imtiyozlaridan foydalangan 161 518 nafar fuqaroga 202,6 mlrd so`m daromad solig`i qaytarildi.
-Shundan, "kontrakt" to`lagan 135 325 nafar fuqaroga 175,2 mlrd so`m (84%) qaytarildi.
-Uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlar soliqdan ozod etilgan.






