“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati Nukus shahriga amalga oshiriluvchi aviaqatnovlar bo`yicha xabarlar jamlanmasini taqdim etdi.
Unga ko`ra, Nukus-Moskva-Nukus yo`nalishidagi 9626 va 9625 reyslari joriy yilning 5 iyulidan 29 iyuligacha Urganch-Moskva-Urganch yo`nalishi bo`yicha, ya`ni Nukus shahridan emas, balki Urganch shahri xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi. Ushbu reys vaqti o`zgarmagan.
Shuningdek, 2022 yil 7 iyuldan 28 iyulga qadar 727 va 728 Nukus-Oqtov-Nukus yo`nalishlari bo`yicha aviaqatnovlar yangi jadval bo`yicha amalga oshiriladi. Yangi jadvalga ko`ra Nukusdan jo`nab ketish ertalab soat 10:20 dan, Oqtovga etib borish soat 11:50, Oqtovdan jo`nab ketish sota 12:50, Nukusga etib borish soat 14:15 da etib belgilandi.
Bundan tashqari, 2022 yil 29 iyul kuni Jidda-Nukus-Jidda 5308 va 5369 yo`nalishi bo`yicha aviaqatnovlar jadvalga muvofiq o`zgarishsiz amalga oshiriladi.






