AsosiyJamiyat

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi ijrosida kamchilikka yo`l qo`ygan 600dan ortiq mas`ul javobgarlikka tortildi, 61ta jinoyat ishi qo`zg`atildi

'“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi ijrosida kamchilikka yo`l qo`ygan 600dan ortiq mas`ul javobgarlikka tortildi, 61ta jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Bosh prokuratura bo`lim katta prokurori Farrux Sultonov ma`lum qildi.

Bosh prokuror o`rinbosari rahbarligidagi Respublika shtabi hamda viloyat va tuman - shahar prokurorlari rahbarligidagi hududiy shtablar tomonidan o`tgan olti oy davomida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar

Shtablar tomonidan Investisiya dasturidagi 2.413 ta, “Yangi O`zbekiston” massivlaridagi 676 ta va “Obod qishloq” hamda “Obod mahalla” dasturlaridagi 11.427 ta loyihaning har biri monitoringga olingan.

Hozirga qadar Investisiya dasturidagi joriy yilda yangidan boshlanuvchi 1.417 ta ob`ektning loyiha - smeta hujjatlari ishlab chiqildi va ularning 1.407 tasi ekspertizadan o`tkazildi;

– “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlaridagi 5.947 ta ob`ektning loyiha - smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ularning   5.564 tasi   ekspertizadan o`tkazildi;

– “Yangi O`zbekiston” massivlaridagi 499 ta ob`ektning loyiha - smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ularning 437 tasi ekspertizadan   o`tkazildi;

– dasturlardagi ob`ektlar uchun ajratilgan mablag`ning 5 trln. so`mdan ortig`i yoki qariyib 24 foizi moliyalashtirilib, pudrat tashkilotlari tomonidan 4,5 trln. so`mlik ishlar bajarildi;

– Investisiya dasturidagi 50 ta, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturidagi 125 ta ob`ektlarda ishlar sifatli  yakunlanib,  foydalanishga  topshirildi;

– dastur ijrosi bo`yicha mutasaddilar faoliyatini samarali muvofiqlashtirib borish maqsadida Respublika shtabi  tomonidan Toshkent, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Andijon, Farg`ona, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari   hamda  Toshkent   shahrida  o`rganishlar  o`tkazildi.

Ushbu o`rganishlarda aniqlangan muammolarni hal etish, jumladan, ob`ektlarda sifatli mahalliy qurilish materiallarini ishlatish, loyihalarni aptimallashtirish hamda yangi  texnologiyalardan  foydalanish  choralari  ko`rildi.

Dasturlar ijrosida kamchilikka yo`l qo`ygan va o`z vazifasini lozim darajada bajarmagan 252 nafar mas`ullar intizomiy va  359   nafari ma`muriy javobgarlikka tortildi. Qurilish sohasida qo`pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 61 ta jinoyat ishlari qo`zg`atildi. 880 nafar fuqaro va tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklab berildi.

Shtablar tomonidan o`tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish masalalari ham o`rganib chiqilmoqda.

Xususan, Respublika shtabi tomonidan qurilish - pudrat, loyiha - qidiruv tashkilotlari reytingini yuritish va elektron tender savdolarini o`tkazish tartibidagi ayrim holatlar ko`rib chiqildi.

Mazkur masalalarni ko`rib chiqish jarayonida loyiha va pudrat tashkilotlari ham bevosita jalb etilib, ularning fikr va takliflari olindi.

Muhokamalar natijasiga ko`ra amaldagi qurilish - pudrat va loyiha - qidiruv tashkilotlari reytingini hamda elektron tender savdolari o`tkazishni takomillashtirish yuzasidan takliflar  ishlab   chiqilib,   Hukumatga   kiritildi.

Ushbu takliflar reyting yuritish va elektron tender o`tkazishda halol raqobat hamda adolat tamoyillariga qat`iyrioya etish, ushbu jarayonlarda inson omilini keskin qisqartirish va pudrat tashkilotlarining haqiqiy salohiyatini aniqlashga xizmat  qiladigan tizim yaratishga   qaratilgan.

Hozirda takliflar belgilangan tartibda ko`rib chiqilmoqda.

Bundan tashqari, Respublika shtabi tomonidan davlat dasturlariga kiritilgan ob`ektlardagi qurilish – ta`mirlash ishlarini sifati ustidan ta`sirchan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga   alohida   e`tibor   berilmoqda.

Shu maqsadlar uchun “Telegram” ijtimoiy tarmog`ida “QURILISHDA NAZORAT” deb nomlangan maxsus telegram bot ishga tushirilgan hamda ishonch telefoni tashkil etilgan. Mazkur bot orqali fuqarolarimiz tomonidan o`z yashash hududidagi davlat dasturiga kiritilgan ob`ektlar bo`yicha amalga oshirilayotgan qurilish ishlari haqida prokuratura organlaridan tashkil etilgan shtablarga foto lavhalar bilan birgalikda to`g`ridan-to`g`ri xabar yuborishlari hamda ishonch   telefoni   orqali   murojaatlarini  qoldirishlari   mumkin.

Bildiriladigan har bir xabar Respublika shtabi tomonidan nazoratga olinib, qisqa muddatlarda ko`rib chiqilishi ta`minlanadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar