AsosiyJamiyat

Toshkentda o`tkazilayotgan EPS-Topik test imtihonini topshiraetganlar diqqatiga muhim ma`lumot e`lon qilindi

'Toshkentda o`tkazilayotgan EPS-Topik test imtihonini topshiraetganlar diqqatiga muhim ma`lumot e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi o`rtasida tuzilgan “Ishchilarni Bandlikka ruxsat berish tizimi asosida Koreya Respublikasiga yuborish to`g`risida”gi anglashuv memorandumiga muvofiq, koreys tilidan EPS-Topik test imtihoni 2022 yil 2 iyundan 15 iyulgacha o`tkazilishi rejalashtirilgan. Ammo 2022 yil 8 iyun kuni planshetlardagi texnik muammo sabab, 84 nafar talabgor test imtihonini topshirish imkoniga ega bo`lmadi.

Shuni inobatga olib, Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan joriy yil 15 iyul kuni ushbu 84 nafar fuqaroning test imtihoniga kirishi tasdiqlangani to`g`risida ma`lum qilamiz.

Shuningdek, Qurbon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan belgilangan dam olish kunlari – 11 iyul (dushanba) va 12 iyul (seshanba) kunlari belgilangan tartibda va vaqtda test imtihonlari o`tkaziladi.

2022 yil avgust-sentyabr oylarida Koreya Respublikasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib, Vatanga qaytgan fuqarolar uchun maxsus test imtihoni bo`lib o`tishi rejalashtirilmoqda.

"Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi test imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tgan fuqarolarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishlarini kafolatlamasligini ma`lum qiladi" deyiladi xabarda.

Murojaat uchun: +998 71 202-33-55 (ichki raqamlar 41, 42).

    Boshqa yangiliklar