AsosiyJinoyat

Navoiy va Jizzaxda pora evaziga o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan "domla"lar qo`lga tushdi

'Navoiy va Jizzaxda pora evaziga o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan "domla"lar qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda o`qishga kiritib qo`yish bilan bog`liq firibgarlik holatlari aniqlandi.

Navoiy davlat pedagogika instituti o`qituvchisi G.M. fuqaro Sh.ni Toshkent shahrida ishlovchi tanishlari orqali ushbu institutning jismoniy tarbiya yo`nalishiga o`qishga kiritib qo`yib, so`ngra boshqa institutga ko`chirib berish evaziga 2 000 AQSh dollarlarini olgan vaqtida ushlangan.

G.M.ning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, institut talabasi B.R. institutning yana bir o`qituvchisi S.M.ning topshirig`iga ko`ra 2 000 AQSh dollarlarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.U. boshqa bir fuqaro L.ni Jizzax shahridagi “Abu Ali ibn Sino” nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tanishlari orqali o`qishga kiritib qo`yish evaziga 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar